Bolalarga “Prezident sovg‘asi” topshirildi
Samarqand shahridagi “SOS” bolalar mahallasi va 1-Mehribonlik uyida “Prezident archasi” bayram tadbiri o‘tkazildi.
Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov va sektor rahbarlari, jamoatchilik vakillari bayram tadbirlarida ishtirok etib, bolajonlarni Yangi yil bilan tabrikladi. An’anaga ko‘ra, ikkala muassasa tarbiyalanuvchilariga ham “Prezident sovg‘asi” berildi.
Bolajonlar uchun bayram dasturxoni yozilib, Yangi yil ertagi teatrlashtirilgan tomoshalari namoyish etildi.
Prezident sovg‘asi
Bu yil viloyatdagi 795 nafar “SOS” bolalar mahallasi va 1-Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari, shuningdek, xizmat burchini bajarish chog‘ida vafot etgan harbiy xizmatchilar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlariga “Prezident sovg‘asi” keltirildi.
Viloyatning barcha tuman va shaharlarida bugun ushbu sovg‘alar o‘z egalariga yetkazilmoqda.
G‘.HASANOV, A.ISROILOV (surat), O‘zA