Bolalardan – bolalarga
FOTOREPORTAJ
Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri oldida O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan “Bolalardan – bolalarga” xayriya tadbiri tashkil etildi.
1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirning asosiy maqsadi ehtiyojmand va ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni qo‘llab-quvvatlash, yosh avlod qalbida mehr-oqibat, insonparvarlik va saxovat tuyg‘ularini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
[gallery-29733]
Tadbir davomida taniqli ijodiy jamoalar va teatr studiyalari ishtirokida madaniy-ko‘ngilochar dasturlar, musiqiy chiqishlar hamda sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Bu esa bolajonlarga bayramona kayfiyat ulashdi.
Shuningdek, jajji ishtirokchilarga kitoblar, o‘quv qurollari, o‘yinchoqlar va turli sovg‘alar topshirildi.
Tashkilotchilar ta’kidlaganidek, mazkur xayriya tadbiri bolalar o‘rtasida do‘stlik, hamjihatlik va o‘zaro g‘amxo‘rlik muhitini mustahkamlashga xizmat qiladi. Shu bilan birga, yoshlarda ezgulik qilish, boshqalarga yordam berish va ijtimoiy mas’uliyat hissini shakllantirishga ko‘maklashadi.
Tadbirda hamkor tashkilotlar, faol yoshlar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Kamola Yusupova, Sarvar O‘rmonov (surat), O‘zA