Bolalar uchun bayram tadbirlari
... 1 iyun ertalabdanoq Xorazm viloyatidagi barcha istirohat bog‘larida yangragan karnay-surnay sadolari bolajonlarni, ularning ota-onalarini bayram tadbirlariga chorladi.
1 iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilin kuni
... 1 iyun ertalabdanoq Xorazm viloyatidagi barcha istirohat bog‘larida yangragan karnay-surnay sadolari bolajonlarni, ularning ota-onalarini bayram tadbirlariga chorladi.

Urganch shahridagi Amir Temur nomidagi istirohat bog‘i bayramona bezatilgan. Maktabgacha ta’lim muassasalari, "Barkamol avlod" ijodiyot markazlari tomonidan tashkil etilgan baxtiyor bolalik, go‘zal tabiat, ertaklarning sevimli qahramonlarini aks ettirgan rang-barang suratlari, musavvirlik va qo‘l ishlari, xullas ijod namunalaridan iborat ko‘rgazmalar barchani e’tiborini tortdi. Bog‘ bo‘ylab bolajonlar tomonidan ijro etilayotgan quvnoq qo‘shiqlar, musiqali madaniy, ma’rifiy tadbirlar qalblarga quvonch bag‘ishlaydi.

Xorazm viloyati hokimi F.Ermanov bolajonlarni bayram bilan qutlab, ularga sovg‘alar topshirdi.
Bolajonlar ona Vatan, baxtiyor bolalikni, tinchlik, ustozlarni madh etuvchi she’rlarni aytib, qo‘shiqlar ijro etdi.