Bolalar ta’lim-tarbiyasi e’tiborda
FOTOREPORTAJ
Poytaxtimizning Olmazor tumanidagi 102-zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 221 nafar o‘quvchi oliy ma’lumotli defektolog va tarbiyachilar qo‘l ostida saboq olmoqda.
Muassasa 1966 yilda tashkil etilgan bo‘lib, 2016 yilda kapital ta’mirlangan. 4 ta o‘quv binosi, 280 o‘rinli yotoqxona, oshxona, kutubxona, sport zali, faollar zali o‘quvchilar ixtiyorida.
O‘tgan o‘quv yilida maktabni 21 nafar o‘quvchi bitirgan bo‘lib, ularning 3 nafari oliy ta’lim muassasasida ta’limni davom ettirmoqda.
A’lo ABDULLAEV (surat), O‘zA