Bolalar maydonchasidan bomba chiqdi
Angliya shimolidagi bolalar oromgohi hududida tasodifan Ikkinchi jahon urushi davrida o‘rnatilgan, lekin portlamay qolgan portlovchi modda bo‘laklari topilgan.
CNN yozishicha, Nortumberlend shtati Vuller shahridagi “Scotts Play Park” majmuasini ta’mirlayotgan ishchilar topilmaga guvoh bo‘lgach, manzilga soha mutaxassislari chaqirilgan.
Bombani zararsizlantirishga kirishgan kompaniya xodimlari ishning birinchi kuni 65, ikkinchi kuni 90 ta 10 funtli mashq bombasi va tutun patroni topgan.
2024 yil fevral oyida Angliya janubi-g‘arbidagi Plimut shahridan minglab aholi ko‘chirilgan edi. O‘shanda rasmiylar bog‘ hududida topilgan, og‘irligi 500 kilogramm keladigan bombani zararsizlantirish ustida ish olib borilganini tasdiqlagan edi.