Bolalar jamiyatimizning bebaho boyligi
Toshkent shahar hokimligi tomonidan 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Yunusobod tumanida istiqomat qiluvchi ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida bolalarga bayramona kayfiyat ulashilib, ularning yashash va ta’lim olish sharoitlari bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, bolalarga esdalik sovg‘alari topshirilib, samimiy suhbatlar o‘tkazildi.

Mazkur tadbir yosh avlodni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda mehr va e’tiborni yanada kuchaytirishga qaratilgani bilan ahamiyatli.

Bolalar – jamiyatimizning bebaho boyligi va porloq kelajagimiz poydevori.
G.Boboyeva,
O‘zA