Bo‘lajak diplomatlar yangi o‘quv yilini boshladi
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” shiori ostida yangi o‘quv yilining boshlanishi va birinchi kurs talabalarini qabul qilishga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari, JIDU rektori Sodiq Safoyev yangi O‘zbekistonda yoshlar ta’lim-tarbiyasiga davlat darajasida ustuvor e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi. Mamlakatimizda oliy ta’lim muassasalari soni ortib borayotgani iqtidorli yoshlarga sifatli oliy ma’lumot olish orzusini ro‘yobga chiqarish imkoniyatini yaratayotganini qayd etdi.

Shuningdek, tadbir davomida universitetga eng yuqori ball bilan kirgan talabalar dastlabki taassurotlari, hayajonlari va quvonchlari bilan o‘rtoqlashdi.


Vatanni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar yangradi.
Gulnoza Boboyeva,
O‘zA