Bokschilarimiz muvaffaqiyati
Belarus poytaxti Minsk shahrida boks bo‘yicha o‘tkazilgan an’anaviy xalqaro turnirda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 2 oltin, 4 kumush va 2 bronza medalni qo‘lga kiritdi.
Belarus poytaxti Minsk shahrida boks bo‘yicha o‘tkazilgan an’anaviy xalqaro turnirda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 2 oltin, 4 kumush va 2 bronza medalni qo‘lga kiritdi.Vazni 52 kilogrammgacha bo‘lgan charm qo‘lqop ustalari bahslarida Shahobiddin Zoirov, 91 kilogrammdan og‘ir bo‘lgan bokschilar o‘rtasida Bahodir Jalolov barcha raqibini mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Murodjon Ahmadaliyev, Mahmud G‘oipov, Zuhriddin Mahkamov va Rustam To‘laganov o‘z vazn toifasida kumush medal bilan taqdirlangan bo‘lsa, Abdulla Qo‘chqorov va Elnur Abduraimov uchinchi o‘rinni egalladi.