Bokschi qizlarimiz Osiyo chempionligi uchun jang o‘tkazadi
Bugun, 9-aprel kuni Mo‘g‘ulistonning Ulan-Bator shahrida davom etayotgan Osiyo chempionatida ayollar o‘rtasidagi final janglari tashkil etiladi.
10 ta juftlik o‘rtasida qit’a chempionligi uchun kechadigan murosasiz janglarda O‘zbekiston terma jamoasining ikki a’zosi Aziza Zokirova va Ruxshona Parpiyeva oltin medallar uchun ringga ko‘tariladi.

Terma jamoamiz a’zolaridan Aziza Zokirova -75 kilogrammda Bao Szi (Xitoy) bilan Ruxshona Parpiyeva -80 kilo og‘irlikda Nadejda Ryabets (Qozog‘iston) bilan ro‘baro‘ keladi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA