Bojxonachilarning oilalaridan xabar olindi
Xotira va qadrlash kuni yurtimizda o‘tganlarni yod etish, ularning ezgu ishlari va yorqin xotirasiga hurmat bajo keltirish kuni sifatida keng nishonlanadi.
Sana munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi xodimlari xizmat vazifasini bajarish chog‘ida vafot etgan marhum hamkasblarining oila a’zolaridan xabar oldi.

Ko‘p yillar davomida bojxona tizimida fidokorona xizmat qilgan Axilbek Kubeysinov, Quo‘at Saparbekov hamda Madiyar Sodiqovning kasbiga sadoqati, halolligi, mehnatsevarligi va vatanparvarligi chuqur ehtirom bilan esga olindi. Ular bojxona sohasida samarali faoliyat yuritib, hamkasblari hurmatini qozongan insonlar sifatida yodda qolgan.

Yurt tinchligi va xalq osoyishtaligi yo‘lida xizmat qilgan insonlarning yorqin xotirasi qalblarda mangu yashaydi.
Dovud Abibullayev,O‘zA