Bojxonachilar “mato” operatsiyasiga chek qo‘ydi
Toshkent shahar bojxona boshqarmasi axborot xizmatining xabar berishicha, bojxona organlari tomonidan yashirin iqtisodiyotni qisqartirish borasida keskin kurash olib borilmoqda.
Jumladan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Toshkent-tovar” bojxona postida navbatdagi huquqbuzarlik fosh etildi.
Unga ko‘ra, xorijdan yuk konteynerida hujjatlarga ko‘ra “mato” tovarlari ularga tegishli yuk hujjatlari bilan o‘zaro solishtirgan holda belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.


Natijada yuk konteyneridagi mato tovarlarining o‘lchov birlikdagi miqdori hujjatlarda ko‘rsatilganidan ortiqcha ekanligi aniqlandi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur tovarlarning qiymati 3 milliard 418 million so‘mni tashkil etadi.
“Sirg‘ali” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida aniqlangan navbatdagi holatda mas’uliyati cheklangan jamiyatlardan birining nomiga xorijdan keltirilgan matolar bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida, yuk hujjatlarida salkam 4,5 tonna og‘irlikdagi matolar qayd etilmagani fosh bo‘ldi.
Mazkur noqonuniy tovarlarning taxminiy qiymati 427 million so‘mni tashkil etmoqda.
Hozirda tovarlar vaqtincha saqlovga olinib, yuqoridagi holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Sh.Mamaturopova, O‘zA