Bojxonaçilar kiberxavfsizlik böyiça malaka oşirdi
Davlat çegarasi daxlsizligi kabi milliy axborot makonini himoyalaş ham strategik ahamiyatga ega. Jizzax bojxonaçilari iştirokidagi maşğulotda şu masalaga eʼtibor qaratildi.
Jizzax viloyat bojxona boşqarmasida şaxsiy tarkib va erkin yollangan xodimlar uçun “Raqamli suverenitet va milliy kiberxavfsizlik” mavzusida kasbiy tayyorgarlik maşğuloti ötkazildi. Tadbirda global raqobat şaroitida axborot resurslarini muhofaza qiliş va kibertahdidlarning oldini oliş masalalari muhokama qilindi.


Soha mutaxassislari tomonidan raqamli suverenitet, milliy axborot resurslarini himoyalaş va kiberxavflarga qarşi turiş masalalari yuzasidan tuşuntirişlar berildi. Internetdan xavfsiz foydalaniş, axborot tizimlarida maʼlumotlar daxlsizligini taʼminlaş çoralari belgilandi.
Xodimlarga şubhali elektron xabarlar va havolalardan ehtiyot böliş, xizmat maʼlumotlarini muhofaza qiliş yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.

Zero, raqamli makondagi har qanday beparvolik xizmat maʼlumotlari xavfsizligiga tahdid tuğdirişi mumkin. Şu bois kiberxavfsizlikka rioya etiş nafaqat texnik talab, balki davlat manfaatlariga daxldor xizmat masʼuliyatidir.
Abdujalol Qayumov,
ÖzA muxbiri