Bojxona postiga press-tur tashkil etildi
Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasining Toshkent shahar bojxona boshqarmasi tomonidan jurnalistlar va blogerlar uchun “Yangilanayotgan bojxona: “Sirg‘ali” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida tadbirkorlar uchun yaratilgan qulayliklar” mavzusiga bag‘ishlangan press-turda Toshkent shahar bojxona boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Nodir Salimjonov ma’lum qildi.
– Birgina “Sirg‘ali” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postining o‘zida joriy yilning 9 oyi davomida 36 ming 379 ta bojxona yuk deklaratsiyasi rasmiylashtirilib, ular bo‘yicha 2 trln. 336 mlrd.so‘mlik bojxona to‘lovlari davlat byudjetiga o‘tkazildi, – deydi Toshkent shahar bojxona boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Nodir Salimjonov.

– Mazkur post orqali tadbirkorlarimiz tomonidan ishlab chiqarilgan salkam 344,4 mln AQSH dollaridan ziyod mahsulotlar xorijga eksport qilindi. Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularga bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar berish yo‘nalishida ham bir qator ishlar amalga oshirilgan. Jumladan, 10dan ortiq turdagi ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan xom-ashyo, texnologik asbob uskunalar, maishiy texnika va ularning qismlari kabi tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvida 931,4 mlrd. so‘m bojxona to‘lovlaridan imtiyozlar berilgan.
Tadbir avvalida “Raqamli O‘zbekiston bojxonasi” ko‘rgazmali taqdimoti va sohadagi islohotlarga bag‘ishlangan maxsus videorolik namoyish etildi.

bugungi kunda yurtimizda barcha sohalarda izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, so‘nggi 5 yilda davlat bojxona xizmati organlari faoliyati ham tubdan yangilandi. Eng avvalo, tizimga “Raqamli bojxona” tamoyiling keng joriy qilinayotganligi tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining ham vaqtini, ham xarajatlarini tejashga xizmat qilmoqda.
Keng miqyosda joriy qilinayotgan “Xavflarni boshqarish”, “Yagona darcha” kabi bojxona axborot tizimlari va elektron xizmatlar ko‘magida bojxona nazorati va rasmiylashtiruviga sarflanayotgan vaqt tobora qisqarmoqda.

Ahamiyat bering, bojxona nazoratida ilg‘or texnologiyalarni tadbiq etilishi natijasida bojxona deklaratsiyasini rasmiylashtirish vaqti eksportda 1,7 barobarga, importda esa 1,4 barobarga qisqartirildi. Shu bilan birga, 76 foiz BYUDlar soddalashtirilgan tartibda rasmiylashtirilgan, bu ko‘rsatkich eksportda 84 foizni va importda 74 foizni tashkil etadi.
Biroq tahlillar ilg‘or raqamli texnologiyalarni keng joriy etish orqali bojxona tartib-taomillarini yanada soddalashtirish mumkinligini ko‘rsatmoqda. Shu maqsadda joriy yilning 10 sentyabr kuni qabul qilingan “Bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish va davlat bojxona xizmati organlari tashkiliy tuzilmasini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Prezident farmonining mazmun-mohiyati ham press- tur davomida muhokamalar markazida bo‘ldi.

Mazkur farmonga muvofiq 2021 yil 1 oktyabrdan boshlab bojxona nazoratini olib borishda “Masofaviy elektron deklaratsiyalash” bojxona postlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Press -tur davomida “Sirg‘ali”tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti tarixi, u yerdagi bojxona rasmiylashtiruvi jarayonini soddalashtirish, bojxona nazoratining shakl va usullarini joriy etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan ham tanishdik.

– Bizning bojxona postimizda bir kunda yuzdan ortiq yuk deklaratsiyasi rasmiylashtiriladi, –deydi “Sirg‘ali” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti boshlig‘i Ilhom Hakimov.
– Shuningdek, 10 milliard so‘mgacha bojxona to‘lovlari undiriladi. Bojxona postida yashirin iqtisodiyotni qisqartirish, noqonuniy tovar-moddiy boyliklarning yurtimiz hududiga kirib kelishi oldini olishga qaratilgan bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda, Xususan, o‘tgan davrda 227 ta holatda 1 mlrd 948 mln. so‘mdan ortiq tovarlarning noqonuniy kirib kelishi oldi olingan. Ular bo‘yicha 8,1 mlrd so‘mdan ziyod qo‘shimcha bojxona to‘lovlari hisoblanib, davlat byudjetiga undirilishi ta’minlangan.

Bojxona posti tasarrufida 33 ta bojxona ombori mavjud bo‘lib, 29 tasi ochiq, 4 tasi yopiq turdagi ombor hisoblanadi. Mazkur bojxona omborlarining barchasi videokuzatuv moslamalari bilan jihozlangan bo‘lib, videotasvirlarni oylayn tarzda Davlat bojxona qo‘mitasi hamda hududiy boshqarma orqali kuzatish imkoniyati mavjud.
Press- tur davomida “Sirg‘ali” bojxona posti va bir qator eksportyor korxonalari faoiliyati bilan yaqindan tanishdik.

Toshkent shahar, Sirg‘ali tumanida joylashgan “Aysel Energy” qo‘shma korxonasi yuqori va past kuchlanishli uskunalar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan bo‘lib, 2019 yilda o‘z faoliyatini boshlagan. Hozir bu yerda 165 nafar ishchi xizmat qiladi. Korxonada yiligi 100 ming dona yuqori va past kuchlanishli uskuna ishlab chiqarilib, ichki bozorga yo‘naltiriladi, qolaversa, xorijiy mamlakatlarga eksporti amalga oshiriladi. Korxona hududi 3 ming kvadrat maydonda joylashgan bo‘lib, loyiha qiymati 8 mln. yevroni tashkil etadi.
Korxona tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar “Sirg‘ali” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti orqali xorijiy bozorlarga yo‘naltiriladi.

Shahnoza Mamaturopova, O‘zA