Bojxona instituti kursantlari Prezident maktabida
Oʻzbekistonda tashkil etilayotgan Prezident maktablari yangi avlod kadrlarini tarbiyalashda muhim asos boʻladi.
Bugun yuksak bilim va tafakkurga ega yoshlarni tarbiyalovchi iqtidorli bolalar maktablari, Prezident maktablari, “Temurbeklar maktabi”, ijod maktablari yangi va zamonaviy namunadagi taʼlim dargohlari tashkil etilgani farzandlarimiz taʼlim-tarbiya olishi uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochib bermoqda.

Toshkent shahrida joylashgan Prezident maktabi bugungi taʼlim tizimining ilgʻor metodlari bilan boyitilgan boʻlib, muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan joriy oʻquv yilida oʻz faoliyatini boshladi. Ushbu maktabda oʻquvchilarga yaratilgan sharoitlar bilan kursantlarni tanishtirish, tengdosh-tengdoshga tamoyili asosida Bojxona instituti kursantlari Prezident maktabiga tashrif buyurdi.

Oʻzbekistonda tashkil etilayotgan Prezident maktablari yangi avlod kadrlarini tarbiyalashda muhim asos boʻladi. Chunki bu oʻquv maskanlari iqtidorli bolalarni aniqlash, ilgʻor texnologiyalarni qoʻllagan holda ularga saboq berish va tarbiyalash boʻyicha yaxlit tizim boʻladi. Taʼlim tizimini rivojlangan davlatlar tajribasi asosida ishlab chiqilgan oʻquv rejalari va dasturlari boʻyicha taʼlim jarayoni tashkil etiladi.

Tashrif davomida maktab faoliyatiga oid maʼlumotlar bilan tanishtirilib, maktab oʻquvchilariga Bojxona instituti va unda yaratilgan sharoitlar, oʻquv jarayonining tashkil etilishi, institutda tahsil olayotgan boʻlgʻusi bojxonachilar mamlakat iqtisodiy xavfsizligi sohasida faoliyat koʻrsatishi toʻgʻrisida maʼlumotlar berib oʻtildi. Institut kursantlariga Prezident maktabi boʻylab tanishtiruv ekskursiyasi tashkil etildi.