“Boburnoma” bilimdonlari aniqlandi
FOTOREPORTAJ
O‘zbek adabiyotining yirik namoyondasi Zahiriddin Muhammad Bobur buyuk shoir, qomusiy olim, davlat arbobi va mohir sarkarda sifatida butun dunyoda ma’lum va mashhurdir. Uning beqiyos ilmiy-ijodiy merosi nafaqat milliy madaniyatimiz va xalqimiz adabiiy-estetik tafakkurining shakllanishida, balki, jahon adabiyoti, ilm-fani va davlatchiligi tarixida alohida o‘ringa ega.
Bobur tavalludining 541 yilligini ko‘tarinki ruhda o‘tkazish maqsadida Termiz garnizonidagi harbiy qismda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va viloyatdagi kuch tuzulmalar hamkorligida “Boburnoma” bilimdoni” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.
[gallery-15950]
Intellektual o‘yinda viloyatdagi 5 ta kuch tuzulmalarning yosh harbiy xizmatchilaridan tashkil topgan jamoalar “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi raisi kubogi” uchun bahs olib bordi.
Murosasiz kechgan o‘yin natijalariga ko‘ra, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi jamoasi g‘olib bo‘ldi. Ikkinchi o‘rin viloyat Favqulotda vaziyatlar boshqarmasi harbiy xizmatchilariga hamda uchinchi o‘rin DXX Chegara qo‘shinlari jamoasiga nasib etdi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA