Blits bo‘yicha O‘zbekiston chempionati yakunlandi
Xalqaro shaxmat akademiyasida 8 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida shaxmatning blits yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati nihoyasiga yetdi.
Mohina Karimova (Namangan), Malika Jumayeva (Sirdaryo), Afruza Hamdamova (Samarqand), Barchinoy Shokirjonova (Navoiy), Umida Omonova, Aziza Tursunova (Surxondaryo), Oriyat Obidjonov (Toshkent), Abduqodir Bahodirov (Andijon), Humoyun Bekmurodov (Toshkent), Davlatbek Mahmudjonov (Qashqadaryo), Muhriddin Madaminov (Toshkent), Samandar Shermuhammadov (Toshkent viloyati) o‘z guruhlarida g‘olib bo‘ldi.
G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
O‘zA fotomuxbiri
Muhammad AMIN (surat), O‘zA