Bizni mehr birlashtiradi!
Yoshlar ishlari agentligi Andijon viloyat boshqarmasi hamda viloyat Qo‘g‘irchoq teatri tomonidan “Bizni mehr birlashtiradi!” shiori ostida Qo‘rg‘ontepa tumanidagi “Muruvvat uyi”ga tashrif uyushtirildi.
Tashrif davomida viloyat Qo‘g‘irchoq teatri aktyorlari tomonidan bolajonlarga quvnoq kayfiyat ulashuvchi sahna ko‘rinishlari, iqtidorli yoshlarning badiiy chiqishlari namoyish etildi. Tarbiyalanuvchilar bilan samimiy muloqot o‘tkazildi.
Tadbir so‘nggida tashkilotchilar “Muruvvat uyi” tarbiyalanuvchilariga bayram sovg‘alarini ulashdi.
[gallery-289]
Zuhriddin UMURZOQOV olgan suratlar, O‘zA