Biznes vakillarini qo‘llab-quvvatlashning zamonaviy mexanizmlari muhokama qilindi
Poytaxtimizda Biznes-ombudsman va qator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Yangi O‘zbekistonda biznes uchun yangi imkoniyatlar” forumi bo‘lib o‘tdi.
Forumda umumiy ovqatlanish, mehmonxona, savdo va xizmat ko‘rsatish sohalarida faoliyat yuritayotgan yuzlab tadbirkorlar ishtirok etdi.

Tadbir davomida kichik biznesni rivojlantirishga qaratilgan yangi tashabbuslar, soliq va ma’muriy tartib-taomillarni soddalashtirish choralari hamda tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashning zamonaviy mexanizmlari muhokama qilindi.

Shuningdek, ishtirokchilar amaliyotga joriy etilayotgan yangiliklarning biznes faoliyatiga ta’siri, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalari yuzasidan o‘z fikr va takliflari bilan o‘rtoqlashdi.
Gulnoza Boboyeva,
O‘zA