Biz ertaga saylovga boramiz...
Ertaga yurtimiz tarixida yana bir yangi sahifa ochiladi. O‘zbekiston Respublikasi Barchamiz bir bo‘lib vatanimiz kelajagi uchun ovoz beramiz.
Saylovning tarixiy ahamiyati ham shundaki, biz hammamiz birlashib, hamjihatlik bilan o‘z taqdirimiz, farzandlarimiz kelajagi, oilalarimiz farovonligi eng asosiysi yurtimiz tinchligiga befarq emasligimizni tantanali ravishda namoyish etamiz.
Boisi, shu yurtda yashayotgan har bir vatandoshimizning erkin va ozod yurt kishisi sifatida vijdoni amriga quloq solib, yangi va xayrli tashabbuslar yo‘lidagi ilg‘orligi amaldagi qonunlarimizning hayotimizda aks etib borayotganiga ishoradir.
Biz ertaga saylovga boramiz...
Tafakkur qilyapsizmi. Oila davrasida jam bo‘lishib, yaxshi niyat va katta ishonch bilan qabul qilgan shu kichik qarorimiz bilan avvalo o‘z fuqarolik burchimizni ado etyapmiz. Qolaversa, farzandlarimiz va nabiralarimiz ko‘z o‘ngida ular hayoti va istiqboliga befarq emasligimizni so‘zsiz isbotlab ularga o‘rnak ham bo‘lamiz.
Muhimi ham shu.
Maqsadlarimiz sari qo‘ygan qadamimiz bugun biz ko‘rsatayotgan ibratdan boshlanadi.
Gulchehra MIRZAEVA, Toshkent tibbiyot akademiyasi matbuot kotibi