Bitkoin kursi yana qimmatlashishi mumkin
Dunyodagi eng ommalashgan kriptovalyuta 3 yanvar kuni o‘zining 12 yilligini nishonladi.
O‘tgan davrda bitkoin unchalik tanilmagan aktivdan investitsiya vositasi sifatida markaziy banklar tomonidan doimiy muhokama qilinadigan asosiy mavzulardan biri darajasigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi. Kriptovalyutaning narxi qariyb 30 ming dollargacha ko‘tarildi.
Mutaxassislar ta’kidicha, 2021 yil ushbu qiymat yana oshib boradi va 38-100 ming dollar orasida tebranadi, deb yozadi “RIA Novosti”.
2009 yil 3 yanvarda ishga tushirilgan Bitkoin tarmog‘i yaratuvchisi o‘zini Satoshi Nakamoto, deya tanishtirgan. Afsuski, uning shaxsini to‘la-to‘kis aniqlashga haligacha muvaffaq bo‘lingan emas. Dastlab kriptovalyuta haqida faqat IT mutaxassislarning tor doirasi vakillari bilar edi. Bir necha yil o‘tib, fond birjalarida bitkoinga qo‘yiladigan narx indeksi hamda fyuchers paydo bo‘la boshladi. Dunyo markaziy banklari ham o‘zlarining milliy kriptovalyutalarini yaratish haqida o‘ylay boshladi. Bitkoinga qiziqish bu qadar oshib ketishi narx-navoga ham ta’sir qildi, ya’ni valyuta 2020 yilda 3,95 marta oshdi.