Bitiruvchilar yuksak maqsadlari sari yo‘l oldi
FOTOREPORTAJ
Qashqadaryo viloyati umumta’lim maktablarida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari “Ilmni qadrlang, ilmga intiling!” shiori ostida tashkil etildi.
O‘quv yili yakuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbirlarda bitiruvchilar, ularning ota-onalari, mahallalar faollari, tibbiyot xodimlari, jamoat xavfsizligini ta’minlash maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi va jamoat tartibini saqlovchi Ichki ishlar va Milliy gvardiya xodimlari ishtirok etdi.
[gallery-12053]
Viloyatda joriy o‘quv yilida 1216 ta umumta’lim maktabining 651 ming 418 nafar, ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi 14 ta ta’lim muassasaning jami 5287 nafar o‘quvchisi ta’limni tamomlamoqda. Ular bugun o‘zgacha hayajon bilan maktab bilan xayrlashib keyingi manzil – yuksak maqsadlari sari yo‘l olmoqda.
Namunali xulqi va a’lo baholari bilan eng yuqori reyting ko‘rsatgichlariga erishgan 15 ming nafardan ortiq o‘quvchi maktablar darajasida, 3 ming 500 nafar o‘quvchi tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari darajasida va mingdan ortiq o‘quvchi viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi darajasida taqdirlandi.
Jamshid NORQOBILOV(surat),O‘zA