Bitiruvchilar uchun ochiq eshiklar kuni
Buxoroda viloyat xalq ta’limi boshqarmasi hamkorligida poytaxtdagi Britaniya menejmenti universiteti tomonidan «Ochiq eshiklar kuni» tashkil etildi.
Umumta’lim maktablari bitiruvchi sinf o‘quvchilari qatnashgan tadbirda Britaniya menejmenti universiteti haqidagi videolavhalar namoyish etildi.
Shundan so‘ng universitet rektori, professor Konrad Ozog, ingliz tili kafedrasi rahbari, xalqaro darajadagi mutaxassis Ketrin Rik hamda korporativ aloqalar bo‘limi boshlig‘i O‘tkir Norov oliygohda ta’lim olish uchun yaratilgan sharoitlar, imkoniyatlar, tayyorlanadigan mutaxassisliklar haqida ma’lumot berdi.
Uchrashuvda ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga mutasaddilar batafsil javob berdi.
Tadbir yakunida Britaniya menejmenti universiteti sayti orqali berilgan test sinovlarida ishtirok etib, yuqori natijaga erishgan iqtidorli o‘quvchilar taqdirlandi.
Zarif Komilov, O‘zA