Bitiruvchilar katta hayotga yo‘l oldi
FOTOREPORTAJ
Farg‘ona shahridagi “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida 2025–2026 o‘quv yili yakunlariga bag‘ishlangan bitiruv marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Sharqiy harbiy okrug qo‘mondonligi vakillari, Qurolli Kuchlar faxriylari, ota-onalar, pedagoglar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda mamlakatimizda yoshlarni vatanparvarlik va fidoyilik ruhida tarbiyalash, ularni zamonaviy bilim va ko‘nikmalar bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida so‘z yuritildi.
[gallery-30056]
Ta’kidlanganidek, “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylari yoshlarda liderlik fazilatlari, harbiy kasbga qiziqish va Vatan taqdiriga daxldorlik hissini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Litseyda yaratilgan zamonaviy ta’lim muhiti o‘quvchilarning intellektual salohiyati, jismoniy tayyorgarligi va harbiy-amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
So‘zga chiqqanlar bitiruvchilarning ta’lim davomida erishgan yutuqlarini e’tirof etib, ularning kelgusida mamlakat taraqqiyoti va xavfsizligi yo‘lida munosib xizmat qilishlariga ishonch bildirdi.
Marosim doirasida harbiy orkestr chiqishlari, faxriy qorovulning ko‘rgazmali namoyishlari va konsert dasturi namoyish etildi.
Muqimjon QODIROV(surat),O‘zA