Bitiruvchilar bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishdi
FOTOREPORTAJ
Namanganda yoshlar bandligi va kasbiy rivojiga qaratilgan muhim tadbir – “TalabaExpo – 2025” kasb ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
Namangan shahridagi “Barkamol avlod” sport majmuasida o‘tkazilgan ko‘rgazma viloyatdagi oliy ta’lim muassasalarini tamomlayotgan 10 ming 860 dan ziyod bitiruvchini bir joyga jamladi.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, viloyat hokimligi, Milliy bank, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasi hamkorligida tashkil etildi.
Yosh mutaxassislarni mehnat bozoridagi real imkoniyatlar bilan tanishtirish, ularning kasbiy yo‘nalishini aniqlashga ko‘mak berish, munosib ish o‘rinlari bilan ta’minlash va tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish maqsadiga qaratilgan tadbirda 240 dan ortiq korxona va tashkilot 1 ming 500 dan ziyod bo‘sh ish o‘rni bilan ishtirok etdi. Shuningdek, ular bitiruvchilar e’tiboriga o‘zlarining startap va innovatsion loyihalari, kredit dasturlarini taqdim etdi. Ishtirokchilar ish o‘rinlari bilan tanishish bilan birgalikda, o‘z biznesini boshlashga oid maslahatlar, amaliy ko‘nikmalar va moliyaviy ko‘mak masalalarida ham zarur ma’lumotlarga ega bo‘ldi.
[gallery-24667]
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA