Bitiruvchi ikkita diplomga ega boʻladi
Toshkent farmatsevtika institutida Sankt-Peterburg davlat kimyo-farmatsevtika universiteti bilan hamkorlikda qoʻshma fakultet ochilgan edi.
Toshkent farmatsevtika institutida Sankt-Peterburg davlat kimyo-farmatsevtika universiteti bilan hamkorlikda qoʻshma fakultet ochilgan edi.
Unga qabul qilingan talabalar tahsilning uch yilini Toshkent farmatsevtika institutida, yana ikki yilini Sankt-Peterburg davlat kimyo-farmatsevtika universitetida davom ettiradi. Qoʻshma taʼlimni tugatgan talabalar har ikkala oliy taʼlimning diplomiga ega boʻladi.


Ana shu yoʻnalishga joriy yilda 276 nafar talaba hujjat topshirgan va ularning 80 nafari oʻqishga qabul qilinishi rejalashtirilgan.
2020-2021 oʻquv yili uchun test sinovi bugun boʻlib oʻtdi. Test sinovi karantin qoidalariga toʻliq rioya etilgan holda amalga oshirilib, jarayon Davlat xavfsizlik xizmati, Toshkent shahar IIB va Davlat test markazi xodimlari nazoratida tashkil etildi. Shuningdek test sinovida institut tibbiyot xodimlari tez tibbiy yordam koʻrsatish maqsadida faol ishtirok etdilar.