Birgalikda qilingan ishda baraka bo‘ladi (+video)
Bugungi kunda davlatimiz rahbarining joriy yil 5 apreldagi “Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini ta’minlash, shuningdek, yangi yer maydonlarini o‘zlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, yer olib daromadi oshayotgan yoshlar soni tobora ortib bormoqda. Xususan, ishsiz yoshlarga yer maydonlari ajratib berilayotgani natijasida ularning bandligi taminlanmoqda.
Jumladan, Jizzax viloyati Do‘stlik tumani Manas mahallasida yashovchi 20 nafar yosh birgalikda katta muvaffaqiyatga erishmoqda. Yoshlar yetakchisi ko‘magida ularga 1 gektar yer ajratilgan bo‘lib, avvaliga ular qovun, tarvuz, kungaboqar va mosh kabi turli ekinlarni yetishtirib, yaxshi daromad oldi. Birgalikdagi mehnatning natijasini ko‘rgan yoshlar ikkinchi hosil sifatida brokkoli karamlarini ekdi. Yoshlar ishlari agentligi ko‘magida bu yerda yetishtirilgan brokkoli karami nafaqat mahalliy bozorlarga, balki Rossiya bozorlariga ham eksport qilinadigan bo‘ldi.
Qahramonimiz Dostonbek Qo‘ldoshev jarayon haqida batafsil gapirib berdi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/SBQHk10SKqw" title="Birgalikda qilingan ishda baraka boʻladi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Gulnoza Boboyeva, O‘zA