Bir yilda yuzta loyiha
Bu haqida “Yengil sanoatni yana-da rivojlantirish va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi matbuot anjumanida maʼlum qilindi.
Importni optimallashtirish hisobiga joriy yilda “Oʻzcharmsanoat”da ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasi sunʼiy charm boʻyicha 100 foizga, poyabzal tagliklari boʻyicha 92 foizga, sport anjomlari boʻyicha 84 foizga, sport sumkalari boʻyicha 78 foizga yetkaziladi.
Shuningdek, “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi Qozogʻiston, Turkiya va Ozarbayjon davlatlarida vakolatxonalar, savdo uylari ochish orqali yurtimizdagi yuzga yaqin yangi korxonani eksport faoliyatiga jalb etmoqchi.
Bu haqida “Yengil sanoatni yana-da rivojlantirish va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi matbuot anjumanida maʼlum qilindi.
Unda oʻtgan yilda 2018-yilga nisbatan 1,4-marta koʻproq sanoat mahsulotlari, jumladan 86,1 million juft poyabzal, 60 milliard soʻmlik charm-attorlik buyumlari ishlab chiqarilgani qayd etildi.

Shuningdek, qiymati 146,2 million dollarlik toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiya jalb etilgan 90 loyiha yakunlandi. Misol uchun, Toshkent shahridagi korxonada amalga oshirilgan loyiha tufayli yiliga 20 ming tonna poliuretan xom ashyosi ishlab chiqarish quvvatiga erishildi.
Uyushma mahalliy investorlar bilan hamkorlikda 2020-2022-yillarda qiymati 421,0 million dollarlik, shundan 196, 8 million dollar toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiya loyihalarini amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Natijada 2020-yilda 7500, 2020-2022-yillarda esa 21000 yangi ish oʻrni yaratiladi.
Tadbirda yangi loyihalar asosan yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishga yoʻnaltirilgani, bu esa 360,0 million dollarlik import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishda qoʻl kelishi aytildi.