Bir yilda 100 poğona ösiş
Mirzo Uluğbek oliy madrasasining vorisi hisoblangan Şarof Raşidov nomidagi Samarqand davlat universiteti xalqaro reytinglarda örnini mustahkamlamoqda.
Xususan, 2026-yil 3-noyabr kuni Özbekistonning 38 ta oliy taʼlim taşkilotidan örin olgan nufuzli QS Quacquarelli Symonds xalqaro reyting agentligi tomonidan Osiyoning eng yaxşi universitetlari reytingi – “QS Asia University Rankings 2027” eʼlon qilindi.
Şarof Raşidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Osiyoning eng yaxşi universitetlari röyxatida 215-örinni egallab, avvalgi yilga nisbatan öz mavqeini qariyb 100 poğonaga yaxşiladi. Universitet 2025-yilda 307-örinda edi.
Bu natija bilan universitet Markaziy Osiyoda 11-örinni (2025-yilda 20-örin), Özbekistonda esa 3-örinni (2025-yilda 5-örin) egalladi.
QS Asia University Rankings – bu Osiyo qitʼasidagi eng kuçli oliy taʼlim muassasalarini aniqlab beruvçi nufuzli mintaqaviy reyting. U Buyuk Britaniyaning QS (Quacquarelli Symonds) tahliliy kompaniyasi tomonidan 2009-yildan buyon har yili anʼanaviy tarzda eʼlon qilib kelinadi.
Uşbu reyting global (QS World University Rankings) reytingining kengaytirilgan bir qismi bölib, unda baholaş mezonlari aynan Osiyo mintaqasidagi universitetlarning ustuvor yönalişlari, imkoniyatlari va muammolariga moslaştirilgan.
Bu yilgi reyting natijalari mamlakatimiz oliy taʼlim tizimida olib borilayotgan islohotlar va xalqaro hamkorlikni kengaytiriş yölidagi saʼy-harakatlarning amaliy samarasidir.
Xalqaro reytingda Osiyoning 26 mamlakatidan 1700 dan ortiq universitet iştirok etgan. Reyting mezonlari ilmiy salohiyat, xalqaro nufuz, bitiruvçilarning bandlik darajasi, öquv jarayonining sifat körsatkiçlari hamda xalqaro hamkorlik faoliyatiga asoslanadi.
Ğ. Hasanov, ÖzA