Bir tumandagi ikki xil manzara...
Tibbiyot tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida Farg‘ona viloyatining Qo‘shtepa tumanida ham soha faoliyatini zamonaviy mezonlar asosida rivojlantirish borasida ulkan yutuqlarga erishilmoqda.
Xususan, keyingi yillarda tuman markaziy shifoxonasi, ko‘p tarmoqli poliklinika, 5 ta oilaviy hamda 4 ta qishloq oilaviy poliklinikalarida qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilib, mazkur muassasalarning moddiy-texnik bazasi mustahkamlandi, yangi jihozlar bilan ta’minlandi.
2021 yilda Qo‘shtepa tumani tibbiyot birlashmasi tasarrufidagi «Loyson» qishloq oilaviy poliklinkasi mahalliy byudjetdan ajratilgan 800 million so‘m mablag‘ evaziga mukammal ta’mirdan chiqarildi.
[gallery-5610]
Uzoq yillar davomida abgor holatda qolib kelayotgan Solijonobod shifokorlar xizmat uyi hamda 87-oilaviy poliklinka filialida ham qurilish-bunyodkorlik ishlarini amalga oshirish ko‘pdan beri ko‘zda tutilgan. Lekin, amaliy ishdan darak yo‘q. Mutasaddilarning aytishicha, ta’mirlash ishlari bu yilga rejalashtirilayotgan ekan.
[gallery-5611]
Hozircha esa bir tumandagi ikki xil manzara mutasaddilarning o‘z ishiga nechog‘li mas’uliyat bilan yondoshayotganini anglatadi.
O‘zA fotomuxbiri
Muqimjon QODIROV olgan suratlar.