"Bir bekat" tamoyili chegarada nimalarni o‘zgartiradi? (+video)
Ijtimoiy tarmoqlarda chegara o‘tkazish punktlarida “One Stop” — “Bir bekat” tamoyili joriy etilishi haqidagi videolar va xabarlar keng tarqaldi. Unda avtomobillar ikki davlat nazoratidan bitta joyda o‘tishi haqida aytilmoqda. Xo‘sh, ushbu ma’lumotlar qanchalik haqiqat? Mazkur xabarlarga aniqlik kiritish maqsadida Bojxona qo‘mitasiga murojaat qildik.
Bojxona qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, “One Stop” — “Bir bekat” tamoyili chegarada ikki davlatning nazorat tartib-taomillarini bir joyning o‘zida tashkil etishni nazarda tutadi. Mazkur yondashuv Bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish va uyg‘unlashtirish to‘g‘risidagi 1973-yilgi Kioto konvensiyasida ham aks etgan.
Shuningdek, Davlatimiz Rahbari huzurida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda chegara o‘tkazish punktlarida mazkur tamoyilni qo‘llash orqali yuklarni rasmiylashtirish jarayonlarini tezlashtirish masalasi muhokama qilingan.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/B8yx5Gw-P80" title=""Bir bekat" tamoyili chegarada nimalarni o‘zgartiradi?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Eshmirzayeva, N.Abduvoitov, U.To‘xtayev, O‘zA