“Bibtexnika” karvoni yo‘lga tushdi
Bugungi kunda respublika bo‘yicha 14 ta Bolalar kutubxonasi hamda umumta’lim maktablarida jami 12 ming 67 nafar kutubxonachi faoliyat olib bormoqda.
Umumta’lim maktablari kutubxonalari faoliyatini yanada takomillashtirish va kutubxonalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida respublika bo‘ylab barcha hududlarga “Bibtexnika” karvoni jo‘natilmoqda.


Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, “Bibtexnika” jamlanmasida jamlanma kitobi, inventar kitobi, kundalik daftari, kitobxon formulyari, “cho‘ntakcha”, alifboli kartochka, qaytaruv varaqasi hamda to‘plam g‘ilofi mavjud.
Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA