“Besh tashabbus olimpiadasi"ning 2025 yilgi mavsumi boshlandi
Butun mamlakatimizda bo‘lgani kabi bugun erta tongdan Sirdaryo viloyati yoshlar markazida sportchilar hamda yoshlar ishtirokida mahalla yoshlari o‘rtasida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan "Besh tashabbus olimpiadasi" 2025 yilgi mavsumining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Sirdaryo viloyatining 5 ming nafarga yaqin yoshlari Guliston shahrida joylashgan viloyat yoshlar markazida hamda viloyatning tuman va shaharlaridan turib onlayn ishtirok etishdi.
Sport boshqarmasi boshlig‘i Anvar Bo‘ronov hamda Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i Azizbek Turdimurodovlar so‘zga chiqib, viloyat yoshlariga kelgusidagi musobaqa hamda tanlovlarda omad va zafarlar tiladi.
[gallery-21765]
Tadbir so‘nggida "Besh tashabbus olimpiadasi"ning o‘tgan mavsumida faol ishtirok etgan sport boshqarmasining bir qator xodimlari, tuman va shahar yoshlar ishlari bo‘limi mutaxassislari hamda mahalla yoshlar yetakchilari taqdirlandi.
Tadbir kuy va qo‘shiqlarga ulanib ketdi.
G‘ulom Primov, Shahriyor Ortiqboyev (surat),
O‘zA muxbirlari