Belgiya Yangi Zelandiyani yirik hisobda mag‘lub etdi, Misr esa Eron bilan murosa ko‘chasini tanladi
Uchrashuvlar yakunlandi.
Jahon chempionatining 3-tur bahslari davom etmoqda.
Yangi Zelandiya 1:5 Belgiya
Kevin de Bruyne yetakchiligidagi Belgiya terma jamoasi dastlabki ikki turdagi daranglardan so‘ng nihoyat g‘alaba qozondi. Bellashuvning 28-daqiqasida Leandro Trossard gol urib hisobni ochdi. 50-daqiqaga kelib, Trossard dublni rasmiylashtirdi. Bahsning 66-daqiqasida Kevin de Bruyne hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi 0:3. 84-daqiqaga kelib, Zelandiya futbolchisi Jast oradagi farqni bittaga qisqartirdi, biroq 2 daqiqadan so‘ng Lukaku yana hisobni yiriklashtirdi. Uchrashuvga qo‘shib berilgan 4-daqiqada esa Salemakers ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Yakuniy hisob 5:1 Belgiya g‘alaba qozondi.
Misr 1:1 Eron
Dastlabki ikki turda durang o‘ynagan Eron terma jamoasi 3-turda guruh peshqadami bo‘lib turgan Misrga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuvlar tezkor gol bilan boshlandi. Mahmud Saber o‘yinning 5-daqiqasida gol urib, Misrni oldinga olib chiqdi. 14-daqiqada esa Ramin Rezayan hisobni tenglashtirdi. Uchrashuvning qolgan daqiqalarida jamoalar qancha harakat qilmasin hisob boshqa o‘zgarmadi.
Shu tariqa, Belgiya birinchi, Misr esa 2-o‘rin bilan keyingi bosqichga yo‘l oldi. Eron esa 3-pog‘onani band etgan holda, pley-offga yo‘l olishi mumkin.