Belaruslik tibbiyot mutaxassislari Qashqadaryoda
Belarusning Vitebsk viloyat ijroiya qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Nikitina Anjelika boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Qashqadaryo viloyatining bir qator tibbiyot muassasalari faoliyati bilan tanishdi.
Delegatsiyaning viloyat hokimi M.Azimov bilan muloqotida, xususan, onkologiya, bolalar xirurgiyasi, transplantologiya va endokrinologiya yo‘nalishlarida samarali hamkorlik qilishga kelishib olingan edi.
[gallery-15819]
Delegatsiya a’zolari mazkur kelishuvlar doirasida Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi,Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo filiallari va Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qarshi filialida bo‘lib, yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi, bu yerdagi mutaxassislar bilan fikr almashdi.
Shuningdek, belaruslik mutaxassislar ko‘magida doya hamshiralar malakasini oshirish maqsadida Qarshi shahridagi Respublika ixtisoslashtirilgan Ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining viloyat filialida vohada faoliyat ko‘rsatayotgan bir guruh doyalar uchun 4 nafar belaruslik malakali shifokor ishtirokida mahorat darslari tashkil etildi.
O‘lmas Barotov, Jamshid Norqobilov (surat),
O‘zA muxbirlari