Belarusda koronavirus bilan kasallanish holatlari ko‘paymoqda
Belarusda koronavirusga chalingan bemorlarning miqdori keyingi bir kecha-kunduzda 1985 nafarga ko‘paydi va umumiy hisobda 600 ming 168 nafarga yetdi.
“BelTA”ning mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati ma’lumoti bilan asoslangan xabariga qaraganda: “Pandemiya boshidan buyon Belarusda koronavirus tufayli olamdan o‘tganlarning umumiy miqdori 4631 nafarga yetgan. Ayni paytda mamlakatda mazkur kasallikdan davolanib, sog‘ayib ketganlar miqdori esa 573 ming 994 kishini tashkil qiladi”.