Belarus va Rossiya avia sohasida hamkorlik qiladi
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakatda Rossiya samolyotlari bilan hamkorlikdagi navbatchilikni tashkil qilish bo‘yicha taklif bildirdi.
“RIA Novosti” xabarida aytilishicha, Lukashenko Rossiya bilan harbiy hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda mazkur masalani ko‘targan va ikki davlat orasida birgalikda patrullik qilish tajribasi mavjud ekanini ta’kidlagan.
“Bizga samolyotlarni bering, ularda ruslar va belaruslar birgalikda parvoz qiladi. Bazalar yetarli, ularni qurish uchun pul sarflashning hojati yo‘q”, dedi Lukashenko.