Belarus Prezidentiga sanksiya joriy qilindi
Ukraina Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenkoga qarshi sanksiya ro‘yxatini tasdiqladi. Prezident Vladimir Zelenskiy bu haqda ijtimoiy tarmoq orqali xabar tarqatdi. Uning ta’kidlashicha, Belarus raketa tarkibiy qismlarini yetkazib berish orqali Rossiyaga sanksiyadan qochishga yordam bermoqda.
- 2025-yilning ikkinchi yarmida ruslar Belarus hududiga hujumkor dronni boshqaradigan mashq tizimini joylashtirdi, - dedi Ukraina yetakchisi. - Bu RF armiyasining shimoliy hududlarimiz - Kiyevdan Volingacha zarba berish qobiliyatini oshirdi. Aks holda Moskvaning ayrim hujumlari, masalan energetika inshootlarimiz va temir yo‘llarga berilgan zarbalar sodir bo‘lmasdi. 3000 dan ko‘p Belarus korxonalari Rossiya harbiy harakatida ishtirok etib, muhim tasnifli uskunalar, mashina va ehtiyot qismlar yetkazib bergan. Tegishli ro‘yxatga raketa ishlab chiqarish uchun kerak bo‘ladigan unsurlar ham kiradi. Bundan tashqari Belarus o‘z hududida o‘rta masofaga mo‘ljallangan “Oreshnik” raketalarini joylashtirish uchun infratuzilmani rivojlantirishda davom etmoqda. Bu nafaqat ukrainaliklar, balki barcha yevropaliklar uchun ham aniq tahdiddir.
S.Rahimov, O‘zA