Belarus Prezidenti Sochi shahriga yetib keldi
Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan muzokara o‘tkazish uchun Sochi shahriga yetib keldi, deya xabar berdi Belarus Prezidenti matbuot xizmati.
Davlat rahbarlari Rossiya va Belarus Ittifoqi doirasidagi integratsiyani rivojlantirishga qaratilgan keyingi qadamlar haqida kelishib oladi. Uchrashuvda ikki mamlakat hukumatining so‘nggi yillardagi faoliyati ham muhokama qilinadi. Shuningdek, ular global muammolar yuzasidan fikr almashadilar.
Kreml matbuot xizmati avvalroq mazkur yig‘ilish bo‘yicha ayrim ma’lumotlarni e’lon qilgan edi. Unda Rossiya-Belarus munosabatlari, jumladan, qo‘shma savdo-iqtisodiy, energetika, madaniy-gumanitar loyihalarni amalga oshirish va MDH doirasidagi integratsiyani kuchaytirish yo‘llari bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqilishi aytilgan.