Belarus oʻziga prezident saylamoqda
Xabaringiz bor, bugun 9-avgust kuni Belarus davlatida prezident saylovi boʻlib oʻtmoqda.
Xabaringiz bor, bugun 9-avgust kuni Belarus davlatida prezident saylovi boʻlib oʻtmoqda. Mamlakat Markaziy saylov komissiyasi tasdiqlagan roʻyxatda 6 million 844 ming 932 saylovchi, shuningdek respublikadan tashqaridagi 5 ming 319 nafar Belarus fuqarosi qayd etilgan. Bu haqda BelTA axborot agentligi maʼlum qilgan.
4-8-avgust kunlari muayyan sabab bilan 9-avgustda tadbirda qatnasha olmaydiganlar uchun oldindan ovoz berish jarayoni tashkil etildi. Toʻrt kun davom etgan muddatidan avvalgi saylov ishtirokchilari miqdori 32,24 foizga teng boʻldi.
Ovoz berish varaqalariga 5 nomzodning ismi-sharifi kiritilgan: Andrey Dmitriyev, Anna Kanopaskaya, Aleksandr Lukashenko, Svetlana Tixanovskaya va Sergeya Cherechen.
Taxmin qilinishicha, saylovning dastlabki natijalari 10-avgust ertalab oshkor qilinadi.
Tadbirda qatnashayotgan xalqaro kuzatuvchilar guruhi, asosan, Hamdoʻstlik Ijroiya qoʻmitasi raisi — ijrochi kotibi Sergey Lebedev boshchiligidagi MDH missiyasi aʼzolaridir. MSK jami 250 xalqaro kuzatuvchini roʻyxatga olgan, ularning 180 nafari MDH tuzilmalari vakillari hisoblanadi.
Bundan tashqari Armaniston, Isroil, Litva, Falastin, Ruminiya, AQSH, Tojikiston, Oʻzbekiston, Fransiya, Shvetsiya, Estoniya kabi davlatlar elchixonalaridan 70 ga yaqin xorijiy diplomat ham akkreditatsiyadan oʻtkazilgan.