Belarus endi SHHTning to‘laqonli a’zosi
SHHTning Ostonada sammiti Belarusni tashkilotga qabul qilish to‘g‘risidagi hujjat imzolanishi bilan boshlandi.
Mazkur anjuman “Ko‘p tomonlama muloqotni mustahkamlash – Barqaror tinchlik va taraqqiyotga intilish” shiori ostida o‘tmoqda. Oliy darajadagi uchrashuvda ishtirokchilar 24 ta qo‘shma hujjat to‘plamini tasdiqlashi kutilyapti. Shuningdek, tadbirda a’zo davlatlar yaqin qo‘shnichiligi va birdamlikka sodiqligini tasdiqlovchi yakuniy deklaratsiya va bayonot qabul qilinadi.
2001 yil asos solingan SHHTga hozir 10 davlat a’zo: O‘zbekiston, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, Pokiston va Belarus. Afg‘oniston va Mo‘g‘uliston kuzatuvchi, Ozarbayjon, Armaniston, Kamboja, Nepal, BAA, Turkiya va Shri-Lanka esa hamkorlik bo‘yicha sherik maqomiga ega.