Bekzod Mamatqulov: «Maqsadimiz — Osiyo kubogini qölga kiritiş va jahon çempionatiga yöllanma oliş»
Federatsiya prezidenti taşkilot öz strategik yöli asosida yuqori marralar sari harakatni davom ettirişini ta’kidladi.
Özbekiston futzal milliy terma jamoasining yangi baş murabbiyi Bahodir Ahmedovni keng jamoatçilikka taniştiriş marosimi va matbuot anjumani ötkazildi.
Özbekiston futzal federatsiyasida taşkil etilgan tadbirda federatsiya prezidenti Bekzod Mamatqulov hamda ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdi.
Federatsiya rahbari Özbekiston futzalida yangi davr başlanayotganini ta’kidlab, Bahodir Ahmedovning futbolçi va murabbiy sifatidagi tajribasi belgilangan maqsadlarga erişişda muhim ahamiyat kasb etişini qayd etdi.
Uning ta’kidlaşiça, Bahodir Ahmedov futbolçi sifatida bir neça bor mamlakat çempioni va sovrindori bölgan, Özbekiston kubogini qölga kiritgan. Şuningdek, Osiyo kubogining kumuş va bronza medallariga sazovor bölgan.
Murabbiy sifatida esa milliy terma jamoani qit’a musobaqalarida ikki marta şohsupaga olib çiqqan, jahon çempionatida jamoaning tarixda ilk bor pley-off bosqiçiga çiqişiga hissa qöşgan.
“Bahodir Ahmedov milliy terma jamoada faoliyat yuritgan xorijlik mutaxassislar bilan hamkorlikda işlab, katta tajriba töplagan. Uning oldiga yirik maqsad va vazifalarni qöymoqdamiz. Yaqin istiqboldagi asosiy maqsadimiz — Osiyo kubogini qölga kiritiş va jahon çempionatiga yöllanma oliş”, — dedi Bekzod Mamatqulov.
Federatsiya prezidenti taşkilot öz strategik yöli asosida yuqori marralar sari harakatni davom ettirişini ta’kidladi.
Matbuot anjumanida federatsiya rahbari va yangi boş murabbiy jurnalistlarning milliy terma jamoa istiqboli hamda kelgusi rejalarga oid savollariga javob berdi.