Behruz Karimov ilk bor asosiy tarkibda — “Lugano” peshqadamlikka qaytdi
Shveysariya Superligasining 6-turida Behruz Karimov to‘p tepayotgan “Lugano” “Servett”ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi. G‘alaba goli 90+4-daqiqada Albian Aeti tomonidan urildi.
Behruz Karimov “Lugano” safida ilk bor asosiy tarkibda maydonga tushdi va 67 daqiqa harakat qildi. O‘zbekistonlik himoyachining o‘yini 7,0 ball bilan baholandi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng “Lugano” 5 uchrashuvdan 15 ochko jamg‘arib, Shveysariya Superligasida 1-o‘ringa qaytdi. Jamoaning yana bitta zaxira uchrashuvi ham bor.
“Lugano” — “Servett” 1:0
Gol: Aeti — 90+4.
Behruz Karimov: 67 daqiqa, baho — 7,0.
O‘zbek va jahon sportiga oid eng so‘nggi yangiliklar:@Uzasport
Abduburxon Mamajanov, O‘zA