Behruz Karimov ilk bor asosiy tarkibda — “Lugano” peshqadamlikka qaytdi
O‘zbekistonlik himoyachining o‘yini 7,0 ball bilan baholandi.
Shveysariya Superligasining 6-turida Behruz Karimov to‘p tepayotgan “Lugano” “Servett”ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi. G‘alaba goli 90+4-daqiqada Albian Ayeti tomonidan urildi.
Behruz Karimov “Lugano” safida ilk bor asosiy tarkibda maydonga tushdi va 67 daqiqa harakat qildi. O‘zbekistonlik himoyachining o‘yini 7,0 ball bilan baholandi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng “Lugano” 5 uchrashuvdan 15 ochko jamg‘arib, Shveysariya Superligasida 1-o‘ringa qaytdi. Jamoaning yana bitta zaxira uchrashuvi ham bor.
“Lugano” — “Servett” 1:0
Gol: Ayeti — 90+4.
Behruz Karimov: 67 daqiqa, baho — 7,0.