“Behizor”da xayriya tadbiri bo‘lib o‘tdi
Mamlakatimiz mustaqilligining 32 yilligi oldidan hududlarda obodonlashtirish tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda. Tadbirlarda kam ta’minlangan oilalar holidan habar olinib, ularning uy-joylari ta’mirlab berilmoqda.
– Yashnobod tumani “Behizor” mahallasida tashkil etilgan bugungi xayriya tadbiri davomida 15 nafar kam ta’minlangan oilaga oziq-ovqat mahsulotlarini tarqatdik, – deydi fondning Toshkent shahar bo‘limi raisi Soqijon Karimov. – Shuningdek, ularning uylarini hashar yo‘li bilan ta’mirladik. Bu kabi xayriya tadbirlarini avgust oyining oxiriga qadar davom ettiramiz.



Xayriya tadbiri davomida tumandagi 8 ta mahalla idorasiga kompyuter jihozlari ham topshirildi, deya xabar beradi “Mahalla” fondi axborot xizmati.
O‘zA