Bayram kunlari Buxoro yanada gavjum bo‘ldi
Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan berilgan dam olish kunlari Buxoroga keluvchi sayyohlar oqimi yanada ortdi.
Dam olish kunlari korxona va tashkilotlar, muassasalar o‘z xodimlari uchun yurtimizning diqqatga sazovor joylariga sayohatlar uyushtirdi. Transport nazorat inspeksiyasi sayohat uchun ko‘hna va boqiy Buxoroni tanladi. Sayohat davomida xodimlar dastlab yetti pirni ziyorat qildi. Buxoroning qadimiy qadamjolari va o‘ziga xos mehmondo‘stligi bilan tanishdi. Mehmonlarga yaratilgan sharoit va qulayliklar juda manzur bo‘ldi.
– Bugun jamoamiz bilan ko‘hna va boqiy Buxoro bo‘ylab sayohat qildik, –deydi Transport nazorati inspeksiyasi Axborot xizmati boshlig‘i Firdavs Xayriddinov. – Ishdagi unumdorlikni oshirish uchun sayohat juda ham muhim ekan. Jamoamiz bunga yana bir bor amin bo‘ldi. Bizga Buxoro juda ham yoqdi. Undagi obidalar, qadamjolar kishini o‘ziga maftun etadi.
Sayohat davomida xodimlar qadimiy va ko‘hna shahar, uning tarixi bilan yaqindan tanishtirildi. Buxoroning eski shahar qismidagi obidalar mehmonlarga bir olam quvonch ulashdi.
Zarif Komilov, Tohirjon Istatov, (surat), O‘zA muxbirlari.