Bayden: xitoyliklar o‘z kelajagiga ishonmaydi
AQSH Prezidenti Jo Baydenning fikricha, Xitoy xalqi o‘z kelajagiga ishonchi komil emas. Bu haqda Oq uy ma’muriyati xabar berdi.
“Xitoy xalqi o‘z kelajagini to‘liq tasavvur qilolmaydi. Hozir davlatda ayni holat hukmron”. Amerika yetakchisi Demokratik partiya tomonidan o‘tkazilgan siyosiy tadbirda tarafdorlariga qarata shunday bayonot berdi.
U Xitoy yetakchisi Si Szinpin bilan tez-tez muloqot qilib turishini ham eslatib qo‘ydi.
Qo‘shma Shtatlar yetakchisining bu chiqishini mahalliy televideniye jonli tarzda olib bergani yo‘q.
Shuningdek, Bayden bu tadbirda Rossiyani ham tilga olib o‘tgan. “Biz butun dunyoni Vladimir Putinni qoralashga da’vat etdik”, dedi Amerika rahbari.