Bayden: Ukrainaning YeIga kirishi ehtimoli katta
AQSH Prezidenti Jo Bayden Rexobot-Bich shahrida jurnalistlar bilan uchrashuv chog‘i Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga kirishi ehtimoli yuqori hisoblanishini aytdi.
Amerika rahbari muxbirning “Ukrainaga borishni rejalashtiryapsizmi?”, degan savoliga shunday javob qaytardi: Bu turli vaziyatlarga bog‘liq.
Ya’ni, muayyan qaror Ukraina uchun qo‘shimcha qiyinchilik tug‘dirishi yoki hukumatni bo‘layotgan voqealardan chalg‘itishi mumkinligi bilan bog‘liq holatlar tahlilidan kelib chiqib qabul qilinadi.
“Binobarin, men Vladimir Zelenskiy bilan uchrashganman, u bilan haftada uch-to‘rt marta telefon orqali muloqotda bo‘lib turibman”, deya qo‘shimcha qildi Qo‘shma Shtatlar yetakchisi.
O‘zA