Bayden sobiq xodimasining ayblovini inkor etmoqda
“Yoʻq, bu yolgʻon. Men bu ayblovni qatʼiyan inkor etaman, hech qachon unday boʻlmagan”, — dedi Bayden MSNBC telekanali efiri orqali chiqish qilib.
AQSHning sobiq vitse prezidenti va hozirda Demokratik partiyadan prezidentlikka nomzodi qoʻyilayotgan Jo Bayden sobiq xodimasi Tara Ridning 27 yil avval uni zoʻrlashga uringani haqidagi ayblovini qatʼiyan rad etdi.
“Yoʻq, bu yolgʻon. Men bu ayblovni qatʼiyan inkor etaman, hech qachon unday boʻlmagan”, — dedi Bayden MSNBC telekanali efiri orqali chiqish qilib.
Bundan avvalroq Jo Baydenning sobiq xodimasi Tara Rid uning ustidan Vashington politsiyasiga arz qilgandi. Unda Jo Baydenning tegajogʻliq qilgani bayon qilingan. Shikoyatchining taʼkidlashicha, Bayden 1993-yil senatorlik chogʻida unga nisbatan behayo qiliqlar qilgan.
Tara Rid Jo Baydenni ilk bor aprel oyining oxirida ayblab chiqqan edi. Unga javoban, Bayden jamoasi ayblovni tuhmat, deb atadi.