Bayden: Si Szinpin bilan uchrashuv samarali bo‘ladi
AQSH Prezidenti Jo Bayden Xitoy rahbari bilan bo‘lajak muzokaralari samarali bo‘lishini kutmoqda. Bu haqda Amerika yetakchisining o‘zi jurnalistlar bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.
14 noyabrda rejalangan uchrashuv Indoneziyada bo‘lib o‘tadigan “katta yigirmalik” sammiti doirasida o‘tkaziladi.
Shuningdek, Baydenning Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida va Janubiy Koreya Prezidenti Yun Sok Yol bilan muzokaralari mo‘ljallangan. Uch tomonlama uchrashuvda Hind-Tinch okeani mintaqasida hamkorlikni mustahkamlash hamda Shimoliy Koreyaning ommaviy qirg‘in qurollari yaratish va ballistik raketalar uchirilishi bilan bog‘liq tahdidlar muhokama qilinadi, deyiladi Oq uy matbuot xizmati bayonotida.
O‘zA