Bayden AQSH “yangi” Prezidentini ma’lum qildi
AQSH yetakchisi Jo Bayden Oq uyda xokkeychilar bilan uchrashuvda Kamala Xarrisni “Prezident” deb atadi.
“Ishlarimiz to‘g‘ri qilinayotganiga ishonch hosil qilish uchun Prezident Xarris shu yerda”, - degan u.
Ta’kidlash joiz, sentyabr oyida Kamala Xarris mamlakatning amaldagi yetakchisi yoshini hisobga olganda, hokimiyat Jo Baydendan unga o‘tishi mumkinligini aytgan edi. Hozir Oq uy rahbari 81 yoshda.
2021 yil noyabrda Bayden jarrohlik amaliyotini o‘tkazib, hushsiz yotganda Xarris 1 soat 25 daqiqa uning vazifasini bajargan.